Tyago Motta bugun A Seriya klubi murabbiyi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda

Eldor Akmurzayev
12 sen 2022, 10:45
Italiya TJ sobiq a'zosi Tyago Motta murabbiylik faoliyatiga qaytmoqda.

40 yoshli mutaxassis bugun “Bolonya” ustozi sifatida tanishtiriladi, deb xabar qiladi insayder Nikola Skira.

Italiyalik klub bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolaydi va uning tovon puli yiliga 1 mln evroni tashkil qilishi aytilmoqda.

Mottaning oxirgi ish joyi “Speciya” bo'lgan va u jamoani joriy yil iyun oyida tark etdi. Oldinroq esa u “Jenoa”ni boshqargan va PSJ yoshlar jamoasida faoliyat olib borgandi.

Avvalroq, “Bolonya” Sinisha Mixaylovichni iste'foga chiqargandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: NicoSchira