Motta Mourinyoning yomon hususiyati qandayligini aytdi

Mirjalol Normatov
20 noya 2018
Italiyalik sobiq futbolchi Tyago Motta sobiq ustozi Joze Mourinyo haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"U g'olib murabbiy. Uning miyasida har doim bir fikr bor: g'alaba. Mourinyoning ikki hil tomoni bor: u g'alabadan xursand bo'lmaydi yoki mag'lubiyatdan keyin zolim insonga aylanadi. Jamoalarining natijalari esa uning kayfiyatiga bog'liq. 

Agarda uning jamoasi yaxshi o'ynasa-yu, mag'lub bo'lsa, Joze umuman tinchlana olmaydi. Agarda jamoasi yomon o'ynab g'alaba qozonsa, bundan xursand bo'ladi.

Uning yomon tomoni - har doim o'ziga dushman yig'ib yuradi. "Inter"da ishlab yurganida biz chempionatda 11 ochko farq bilan chempionatda yetakchilik qilayotgandik. Shundan keyin bir o'yinda yutqazdik va durang o'ynadik. U matbuot anjumanida barchaga hujum qilgandi: "Milan", "Roma", hakamlar, "Yuventus", - dedi Motta.

Motta va Mourinyo birgalikda 2009/10 yillarda "Inter"da bo'lishgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal