Tyago Alkantara: "Keling Asensioga futboldan rohat olish uchun imkon beramiz"

Aslanov Jasurbek
1 sen 2017, 14:25
"Bavariya" yarim himoyachisi Tyago Alkantara muxlislar va OAVdan "Real" hamda Ispaniya terma jamoasi xavbeki Marko Asensioga bosim o'tkazmaslikka chaqirdi.

Alkantaraning fikricha, haddan tashqari ko'p maqtov 21 yoshli futbolchiga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin.

"Keling Asensioga bosim o'tkazmay, unga futboldan rohat olish uchun imkon beramiz. Bu futbolchi "Malorka"da o'ynagan paytidan beri o'zini ko'rsatmoqda. Endi u "Real"da. Uning maydondagi harakatlarini kuzatib, rohat olasan kishi" - deydi Alkantara.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo