

Ma'lumotlarga ko'ra, kelishuv 2021 yilning yozigacha belgilangan. Avvalgi shartnoma 2020 yilning yozida yakuniga yetishi kerak edi. Yangi bitim haqida rasmiy xabar tez orada e'lon qilinadi.
Tuxel 2018 yilning yozida PSJ bosh murabbiyi sifatida tanishtirilgan edi. Joriy mavsum uning klubi Chempionlar ligasi va liga Kubogidan chiqib ketdi. Jamoa Liga 1da yetakchilik qilmoqda va ularning eng yaqin taqibchisi 20 ochko orqada.



