

“Barcha titullarni o'zimizniki qilmoqchimiz. Buning uchun ajoyib jamoa, murakkab echimlar zarur hisoblanadi. Bu esa PSJ kabi klub uchun muhimdir. Qishki transfer oynasida jamoani ko'p ham o'zgartirmoqchi emasmiz, boisi, bu “Monopoliya” emas. Hozirgi tarkibdan mamnunmiz. O'ylaymanki, u shundayligicha qoladi”, – deya qayd etgan murabbiy.
Eslatib o'tamiz, PSJ joriy mavsum Fransiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda, mamlakat Kubogida esa 1/16 finalga yo'l olgan. Shuningdek, parijliklar YCHLning pley-off bosqichida “Borussiya D” bilan bahs olib borishadi.



