

Dortmundliklar turnirning 1/8 finalida o'z maydonida "Gerta"ni taslim etdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida "arilar" omadli chiqdi (3:2).
"Bu bahsda "Borussiya"da shuncha golli vaziyat bo'ladi deb o'ylamagan edim. Ammo "Borussiya"ga bahs taqdirini hal qilish uchun hujumni yakunlovchi zarba yetishmayapti. Penaltilar seriyasida imkoniyatlar teng bo'ladi. Ammo "Borssiya" chorak finalga chiqishga munosib edi" - deydi Tuxel.



