Tuxel "Aston Villa"ning har qanday taklifini rad etadi

Sherzod Nurmatov
22 okt 2022, 10:15
"Chelsi" sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Aston Villa"ni boshqarish niyatida emas.

Eslatib o'tamiz, Birmingem klubi kuni kecha "Fulxem"ga 0:3 hisobida yutqazib qo'ygach Stiven Jerrardni ishdan bo'shatgandi.

"The Telegraph" muxbiri Mett Louning so'zlariga ko'ra, Tomas Tuxel unga Aston Villa rahbariyati tomonidan kelib tushgan har qanday taklifni rad etadi. Germaniyalikni u yerda faoliyat yuritish qiziqtirmaydi. Bo'sh o'rin uchun favorit – PSJning yana bir sobiq murabbiyi Maurisio Pochettino.

Ayni damda "sherlar" Angliya chempionati musobaqa jadvalida quyi ligaga tushib ketish hududida borayotgan "Vulverxempton" bilan bir xil ochko jamg'argan holda 17-o'rinda borishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph