

"Turon" bosh direktori Abduvahob Ahmadaliev: "O'yin derbi nomiga mos o'tdi. Bahs vaziyatlarga boy bo'ldi, muxlislar maza qilib futbol tomosha qilishdi. Durang adolatli natija deb o'ylayman.
- Jamoaning yangi murabbiyi nomi aniq bo'ldimi?
- Hozir muzokaralar bo'lib o'tmoqda, tez orada rasmiy xabar bo'lishi mumkin.
- Baxtiyor Ashurmatov "Neftchi"ga qarshi bahsdan bir kun avval iste'foga chiqarildi, bu ishni bahsdan so'ng qilsa bo'lmasmidi?
- Qaror oldinroq qabul qilingandi, rasmiy xabar biroz kechroq e'lon qilindi. Baxtiyor Ashurmatovga barcha mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz, hali yo'limiz kesishadi deb o'ylayman.



