Turkiya Superligasi. 9 ta gol urilgan o'yinda "Fatix Karagumruk" "Fenerbaxche"ga yutqazdi, Shukurov 82 daqiqa harakat qildi

Оқил Абдубарноев
10 okt 2022, 00:19
Turkiya Superligasining 9-turidan o'rin olgan "Fenerbaxche" - "Fatix Karagumruk" uchrashuvi yakunlandi.

Murosasiz kechgan uchrashuvda darvozalarga jami 9 ta to'p kiritildi va unda mezbonlar 5:4 hisobida g'alaba qozondi. Ikkinchi bo'limning qo'shimcha daqiqalari 12 daqiqa davom etdi hamda ularning 5-daqiqasida Batshuayi "Fenerbaxche"ga g'alaba tortiq qiladigan gol muallifiga aylandi.

Qayd etish joiz, mehmonlar tarkibida o'zbekistonlik yarim himoyachi Otabek Shukurov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 58-daqiqada ogohlantirildi hamda 82-daqiqada zaxiraga olindi. 


"Fenerbaxche" - "Fatix Karagumruk" 5:4

Gollar: Migel Krespo - 9', Enner Valensiya - 28', Enner Valensiya - 61', Enner Valensiya - 72', Mishi Batshuayi - 90' - Fabio Borini - 16', Jan Kuassi - 24', Fabio Borini - 65', Burak Kapachak - 83'

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia