Turin hukumati: "Fan-zonadagi tiqilinch tufayli 1527 kishi shikastlandi"

Aslanov Jasurbek
4 iyun 2017, 20:14
"Yuventus" hamda "Real" o'rtasidagi Chempionlar ligasi final uchrashuvi vaqtida Turindagi fan-zonada yuz bergan tiqilinchda shikastlanganlar soni 1500 kishidan ortdi.

Turin hukumatining xabar berishicha, 1527 kishiga tibbiy yordam kerak bo'ldi. Jiddiy jarohat olgan 3 kishi orasida bolakay ham bor.

Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, tiqilinchga o'smirning petarda portlatgani va bomba haqida baqirgani sabab bo'lgan. Shu bilan birga ushbu voqea trotuarga mettal darvozalarning qulashi tufayli ro'y bergan bo'lishi mumkin. Shikastlanganlar orasida ikki kishi juda jiddiy jarohatlangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia