

Bugun ham milliy terma jamoaga nomzod futbolchilar tibbiy va jismoniy ko'rikdan o'tkazildi. Murabbiylar shtabi ularning jismoniy holati, sog'lig'i va funkcional ko'rsatkichlarini batafsil tahlil qilib, qayd etib borishdi. Rejaga ko'ra, ertaga ham tibbiy va jismoniy ko'rik davom ettiriladi. Suratlardan ko'rinadiki, tibbiy ko'rikda Rustam Turdimurodov, Ibrohim Ibragimov, Sherzod Esanov kabi futbolchilar ishtirok etishmoqda.










