"Tottenxem" yosh yulduzining maoshini oshirmoqchi

Tolibjon Qosimov
31 iyul 2017, 20:39
Britaniyaning "Express" nashri ma'lumotiga ko'ra, "Tottenxem" rahbariyati Dele Alli bilan kelishuvni qayta ko'rib chiqishga qaror qildi.

Manbaning tasdiqlashicha, "shporlar" Angliya terma jamoasining yosh futbolchisiga moliyaviy tomondan yaxshilangan yangi shartnoma taklif qilishmoqchi. Xabarda keltirilishicha, yangi shartnomaga ko'ra Alli haftasiga 80 ming funt oladi.

Bunday holatda u London klubida Xarri Keyn bilan birga eng ko'p maosh oluvchi o'yinchilardan biriga aylanadi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Express