Tottenxem yanvar oyida Jey Rodriges uchun 15 mln funt bermoqchi

Narzulla Saydullayev
29 okt 2014, 09:00
Tottenxem ustozi Maurisio Pochettino Sautgempton yarim himoyachisi Jey Rodrigesni o'z jamoasiga qo'shib olmoqchi.
Yanvar oyida Tottenxem 25 yoshli vinger uchun 15 million funt berishga tayyor. O'tgan yozda Tottenxem va Liverpul Rodrigesga qiziqishgandi, ammo o'shanda transfer amalga oshmagandi.

Futbolchi bu mavsumda jarohati tufayli hali umuman maydonga tushmadi. O'tgan mavsumda u APLda 13ta o'yinda 15ta gol urgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru