"Tottenxem" uch nafar futbolchisi bilan xayrlashadi

Mirjalol Normatov
17 iyul 2019, 22:42
"Tottenxem" yangi mavsum uchun tayyorgarlik ko'rish maqsadida Singapurda o'tkaziladigan yig'in uchun ro'yxatni ma'lum qildi.

"Shporlar" rahbariyati himoyachi Denni Rouz, yarim himoyachi Jorj-Kevin Nkudu va hujumchi Vinsent Yanssen bilan hayrlashishga qaror qilgan. Ularga o'zlari uchun yangi jamoa qidirishga ruxsat berilgan.

Ben Devis, Kemeron Karter-Vikers, Erik Dayer kabi futbolchilar esa jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirishmoqda. Serj Ore, Davinson Sanches va Viktor Vanyama kabi futbolchilar esa terma jamoasidagi yig'in yakunlanganidan keyin klubi tasarrufiga yetib keladi.

Demak, Singapurdagi yig'inga ushbu futbolchilar borishadi:

Darvozabonlar: Loris, de Bi, Gassaniga, Uaytmen

Himoyachilar: Alderveyreld, Foyt, Layons-Foster, Tanganga, Vertongen, Uoker-Piters

Yarim himoyachilar: Alli, Bouden, Eriksen, Georgiu, Lamela, Marsh, Moura, Ndombele, Roulz, Sissoko, Skipp, Uayt, Uinks

Hujumchilar: Keyn, Perrott, Son Xyn Min.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/spurs