"Tottenxem" so'nggi 10 yil ichida haydalgan murabbiylarga 55 mln. funt to'lab berdi

Aslanov Jasurbek
27 mar 2023, 23:40
"Tottenxem" so'nggi 10 yil ichida iste'foga chiqarilgan mutaxassislarga 55 mln. funt to'ladi.

Andre Villash-Boash 2013 yil dekabrdagi iste'fosidan so'ng 4.5 mln. funt badal puli olgan. 2014 yil mayda klub bilan shartnomasi bekor qilingan Tim Shervudga hech narsa to'lanmagan.

2019 yilning noyabrida "shporlar" bilan xayrlashgan Maurisio Pochettino hisobiga 12,5 mln. funt o'tkazib berilgan. Joze Mourinyu esa mehnat shartnomasi bekor qilingani uchun 20 mln. funt olgan.

Nunu Eshpiritu Santu 2021 yilning noyabrida "Tottenxem"dan 14 mln. funt qabul qilib olgan bo'lsa, kechagina ishsiz qolgan Antonio Kontega 4 mln. funt to'lanishi kerak.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Talksport