"Tottenxem" jamoa lideri bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda

Sherzod Nurmatov
21 sen 2023, 12:44
Koreyalik futbolchi "shporlar" safida to'qqizinchi mavsumini o'tkazmoqda.

"Tottenxem" jamoa sardori Son Xyon Min bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzolashga umid qilyapti. Bu haqda "90 min" xabar bermoqda.

Manbaning aytishicha, kelishuvga Rojdestvo arafasida erishilishi kutilmoqda, ammo muzokaralar bir necha hafta ichida yakunlanishi mumkin.

30 yoshli Son Xyon Minning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: 90 min