

Roberto de Dzerbi "mentalitetni o'zgartirish" kerakligini aytganidan so'ng, "Tottenxem"asosiy jamoa uchun psixolog izlamoqda.
"Shporlar" chempionatning 15 o'yinida birorta ham g'alaba qozona olmay, Premer-ligadan chiqib ketish zonasiga tushib qoldi. De Dzerbi mart oyi oxirida klubning uchinchi bosh murabbiyi etib tayinlangan, uning qo'l ostida londonliklar ikkita o'yinda atigi bir ochko ishladi.
"Tottenxem"ning LinkedIn ijtimoiy tarmog'ida joylashtirgan e'lonida aytilishicha, klub "professional o'yinchilariga dalillarga asoslangan psixologik ko'mak" ko'rsatadigan psixolog izlamoqda.
"Bu vazifa futbolchilarni individual qo'llab-quvvatlash, murabbiylar shtabi va natijalar uchun mas'ul xodimlar bilan tizimli ishlash, shuningdek, butun jamoada psixologik samaradorlik madaniyatini doimiy rivojlantirishni o'z ichiga oladi.
Bu lavozim mutaxassisdan Premer-liga sharoitida obro'li, muomalali va yuqori samarali bo'lishni, o'yinchilar va murabbiylarning ishonchini qozona olishni, shu bilan birga, o'yinning eng yuqori darajasida kutiladigan kasbiy qatiyat bilan ishlashni talab qiladi", - deyiladi e'londa.
Chempionat yakunlanishiga besh tur qolganda "Tottenxem" turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi. Jamoani APLda qolishni taminlaydigan o'rindan ikki ochko ajratib turibdi.



