"Tottenxem" himoyachisi Emerson unga "Atletiko" qiziqish bildirayotgani haqida gapirdi

Alisher
8 apr 2022, 17:17
"Tottenxem" himoyachisi Emerson Royal "Atletiko" tomonidan bo'layotgan qiziqish haqida gapirdi.

"Ha, menga "Atletiko" qiziqish bildirayotganidan xabarim bor. Ammo, hozirda "Tottenxem"da yaxshi vaziyatlarni o'tkazmoqdaman. Kelajakda nima bo'lishini bilmayman. Boshqa klublar o'yinimni kuzatayotgani menga yoqadi", - deydi Royal.

Oldinroq xabar berilganidek, "Atletiko" 22 yoshli himoyachini yozda xarid qilish imkoniyatini o'rganmoqda. Futbolchining Angliya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Royal 2021/22 yilgi mavsum "Tottenxem" safida barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: cadenaser.com