"Tottenxem" Ginter uchun "Bavariya" va "Real" bilan kurashadi

Alisher
17 sen 2021
Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi himoyachisi Matias Ginter faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

27 yoshli germaniyalik futbolchi uchun "Tottenxem" davogarlik qilmoqda.

Bundan tashqari, londonliklar o'yinchi uchun "Bavariya" va "Real" bilan kurashishlariga to'g'ri keladi.

Ginter o'tgan mavsum 46ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato