"Tottenxem" Gallaxyerdan hafsalasi pir bo'ldi

Alisher Ostonov
7 fev 2026
"Tottenxem" 26 yoshli angliyalik yarim himoyachi Konor Gallaxer transferidan afsusda.

Futbolchi APL klubiga yanvar oyida Madridning "Atletiko" klubidan o'tgandi. Tomonlar 2031 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan. "Tottenxem" Gallaxerning klubga mos kelmaydigan darajasidan hafsalasi pir bo'lishga ulgurgan.

Gallaxer "Atletiko"da 2024 yildan buyon Londonning "Chelsi" klubidan keyin o'ynab kelayotgandi. "Tottenxem" safida yarim himoyachi APLda 3 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golga assistentlik qilishga ulgurdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Topskills Sports UK