“Tottenxem” futbolchilari Mourinyudan norozi

Eldor Akmurzayev
22 yanv 2020, 20:55
“Tottenxem” a'zolari jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyuning mashg'ulotlarni o'tish uslubidan norozi bo'lmoqda, deya xaber beradi “The Sun”.

Manbaga ko'ra, portugaliyalik mutaxassisning jamoa boshqaruviga kelganidan quvongan bazi futbolchilar endilikda unga ishonishmayapti. Ular murabbiyning mashg'ulotlari zerikarli hamda eskirganidan norozi bo'lishmoqda. Maurisio Pochettinoning darslari esa zamonaviy hamda rang-barang ko'rinishda bo'lgani aytilmoqda. 

Shuningdek, o'yichilarga Mourinyuning yaqin vaqtdan boshlab Tangi Ndombele bilan kelisha olmayotgani maqul kelmagan. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Sun