"Tottenxem" Eriksenning narxini ko'tarib yubordi

Mirjalol Normatov
18 mar 2019
"Tottenxem" rahbariyati yarim himoyachi Kristian Eriksenni sotmoqchi emas.

"Express" xabariga ko'ra, London jamoasi futbolchining narxini 233 million evrogacha ko'tarib yuborgan. Uning "shporlar" bilan shartnomasi 2020 yilda  yakuniga etadi.

Uning xizmatlariga "Real" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Agarda xaridor jamoa uni sotib oladigan bo'lsa, daniyalik futbolchi dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylanadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express