"Tottenhem" Allanni nishonga olgan ko'rinadi

28 noya 2018, 23:40
Angliyaning "Tottenhem" klubi "Napoli" yarim himoyachisini tarkibiga qo'shib olmoqchi.

Calcionapoli24 ma'lumotiga ko'ra, kelayotgan qishda "shporlar" "Napoli" a'zosi Allanni sotib olish niyatida. Braziliyalik futbolchi katta ehtimol bilan "Tottenhem" klubini tark etadigan Mussa Dembelega o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda.

"Tottenhem" rahbariyati Allan uchun 40 million evro taklif qilmoqchi. Lekin, neapolliklar qishda 27 yoshli futbolchisini qo'yib yuborish niyatida emaslini aytib o'tishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: calcionapoli24.it