Toshkentda Mehribonlik uyi bolalari o'rtasida musobaqa bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
20 sen 2018, 14:42
29 sentyabr kuni Toshkentda Mehribonlik uyi bolalari o'rtasida musobaqa o'tkaziladi.

Yashnobod tumanidagi "Obod" stadionida bo'lib o'tadigan musobaqada 12ta jamoa ishtirok etadi va ular mini-futbol bo'yicha kuch sinashishadi. Unda Mehribonlik uyining 120 nafar tarbiyalanuvchisi ishtirok etadi. Bosh homiy - "Mustang" avtomobil yoqilg'i quyish shaxobchasi. Ushbu turnir tashkilotchilaridan biri sobiq futbolchi Pavel Solomin hisoblanadi. Musobaqani o'tkazishda "Yoshlar ittifoqi" ham o'z xissasini qo'shadi.

Turnirda ishlaydigan hakamlarni O'FA taqdim etadi.

Barcha muxlislarni 29 sentyabr kuni soat 10:00da "Obod" stadioniga taklif qilamiz. Mo'ljal: Metroning "Mashinasozlar" bekati, "Ashxobod" sayilgohining orqa tomoni.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia