Toshkentda futzal hakamlari uchun FIFA seminari o'tkazilmoqda

Aziz Tukhtamuradov
24 avg 2015, 17:45
24 avgust kuni Toshkentdagi “Ramada” mehmonxonasida futzal hakamlari uchun FIFA tomonida tashkil etilgan seminarlar boshlandi.

30 nafar futzal hakami ishtirok etayotgan ushbu o'quv-mashg'ulotlari 28 avgustga qadar davom etadi. 24 avgust kuni bo'lib o'tgan ochilish marosimida O'zbekiston Futbol Federatsiyasi birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev ham ishtirok etdi.

Seminarlar Malayziyalik FIFA instruktori Badrul Kalam tomonidan olib borilmoqda.

Takidlash kerakki, o'quv-mashg'ulotlarda nazariy darslardan tashqari hakamlarning jismoniy tayyorgarliklari ham sinovdan o'tkaziladi.

Seminarning yopilish marosimi 28 avgust kuni soat 13:00da, “Ramada” mehmonxonasida bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: the-uff.com