"Torino" "Napoli" futbolchisi uchun 15 mln. evro berishga tayyor

Aslanov Jasurbek
24 iyun 2017, 21:15
"Torino" 26 yoshli hujumchi Duvan Sapata uchun "Napoli"ga 15 mln. evro taklif qildi.

Ammo neapolliklar kolumbiyalikni kamida 25 mln. evroga qo'yib yubormoqchi.

Oldinroq Sapataga "Everton" e'tibor qaratgan edi. Duvanga "Vest Bromvich", "Fiorentina", "Lacio", "Sassuolo" va "Volfsburg" qiziqish bildirmoqda.

Sapata so'nggi ikki mavsumni "Udineze"da ijarada o'tkazdi. Oxirgi mavsum u A Seriyaning 38 ta uchrashuvida 10 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TMW