Tomas Myuller "Manchester Yunayted"ga o'tmoqchi?

Alisher
17 okt 2019, 17:20
"Bavariya" yarim himoyachisi Tomas Myuller MYUga o'tishni xohlamoqda.

30 yoshli nemis futbolchisining agenti transferni muhokama qilish maqsadida MYU bilan bog'langan.

Eslatib o'tamiz, Tomas Myuller "Bavariya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va asosiy jamoada 2007 yildan beri o'ynab kelmoqda.

Futbolchi o'tgan yil terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi.

Oldinroq, Myuller o'yin amaliyoti sabab jamoadan ketishni xohlayotgani haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail