
- O'yin yaxshi o'tdi - deydi Tohir Kapadze. Muxlislar jangavor o'yinga guvoh bo'ldi. Bosh hakam uchrashuvning dastlabki daqiqalarida darvozamiz tomon peanlti belgiladi. Bu vaziyatni 50x50 baholayman. Shu tariqa mezbonlar 11 metrdan unumli foydalanib, hisobni ochishga erishdi. Keyinchalik yigitlarimiz o'yinni o'z qo'llariga olishga intildi va yaratilgan vaziyatlardan foydalandi.
- Ochig'ini aytganda, tajriba va mahorat borasida biz bugun raqibdan ustunlik qildik. Raqib futbolchilari ham yomon taassurot qoldirmadi. Yosh bo'lishiga qaramay, tirishqoqlik ko'rsatdi.
- Ikkinchi bo'lim o'rtalarida raqib posboni maydondan chetlatildi. Shundan so'ng mezbonlar 10 kishi bo'lib qoldi. Hisob esa bizning foydamizga 3:1 ko'rinishga kelgach, “Registon” futbolchilari o'yinni susaytirib yuborgandek tuyuldi.
- Keyingi turda “Zarafshon-NCZ” mehmoni bo'lamiz. Bugun navoiyliklar “Andijon”ni mag'lubiyatga uchratishni uddalabdi. Ochig'i, andijonliklardan g'alaba kutgandik. Demak, “Zarafshon-NCZ” ham kuchsiz jamoa emas. Boz ustiga bu jamoa bilan turnir jadvalida yonma-yon joy egallab turibmiz. Uchinchi o'rin uchun o'zaro kurash kechmoqda. Bo'lajak o'yin ko'p narsaga oydinlik kiritadi.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.