Tim Xovard AQSHga qaytishga yaqin

Aziz Tukhtamuradov
27 yanv 2016, 20:50
Everton futbolchisi Tim Xovard AQSHga qaytishi mumkin, deya xabar qilmoqda NBC Sports.

Ma'lumotlarga qaraganda, darvozabonga "Kolorado Repids" jamoasi tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Tomonlar bu borada muzokaralar olib bormoqdalar. Posbon yangi jamoasida yiliga 2-3 million dollar olishi kutilmoqda.

Ta'kidlab o'tish lozimki, transfer may oyida amalga oshishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: NBC Sports