Tibo Kurtua: Navas bilan mashg'ulot vaqtida ko'p kulamiz. Barchasini OAV qilmoqda

Narzulla Saydullayev
2 sen 2018, 09:32
Tibo Kurtua darvozaboni Real safidagi debyutidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

Ispaniya chempionatining 3-turida Kurtua Leganesga qarshi o'yinda (4:1) mayonga tushdi.

O'yindan oldin Keylor menga omad tiladi. Biz raqobat qilamiz, mashg'ulotlar vaqtida ko'p kulamiz. O'zaro nizo OAV tomonidan qilinmoqda. O'zimni yaxshi his qilayapman, ammo yangi jamoaga o'tish doim qiyin bo'lgan.

Gol o'tkazgan bo'lsam ham hayajonlanmayapman. Ishlashda davom etish kerak, – deydi Kurtua.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sport.es