Tibo Kurtua: "Istedod va hozirgi holatimga ko'ra, eng yaxshilar qatoridaman"

14 noya 2019, 20:10
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua tanqidlarga munosabati va sport formasi haqida gapirib o'tdi.

"Istedod va hozirgi holatimga ko'ra, eng yaxshilar qatoridaman, deb ishonaman. Shuning uchun ular meni tanqid qilishadi. La Ligada 7 ta gol o'tkazdim, xolos. Formamga kelsak, hammasi joyida. Gol o'tkazib yuborganda tanqid qilish oson, lekin xotirjamni saqlagan holda, mashg'ulotlarda o'z ishimni bajara boshladim. "Real"ga o'xshagan klublarda, doim bosim bo'ladi va bu men uchun muammo emas. "Chelsi"da, "Atletiko"da va hozir "Real"da maqsadimizga erishishim zarur", – deydi  Kurtua.

O'xshash yangiliklar


Manba: skysports.com