

Dastlabki ikki uchrashuvda "Qizilqum" (1:3) va "Andijon" (1:5) jamoalariga imkoniyatni boy bergan "Bunyodkor"da murabbiy almashinuvi ro'y berdi. Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarovning xabar berishicha, "qaldirg'ochlar" ustozi Ivan Bubalo iste'foga chiqarilgan.
Jamoa 17 mart kuni o'z maydonida "Navbahor"ni qabul qiladi. Mazkur uchrashuvga futbolchilarni kim tayyorlashi ma'lum emas. Rahbariyat ayni paytda mahalliy mutaxassis nomzodini ko'rib chiqmoqda.




