Terri: "Joriy mavsumda APLda ko'proq maydonga tushishga umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
31 yanv 2017, 21:16
"Chelsi" himoyachisi Jon Terri klubdagi hozirgi holati haqida to'xtaldi.

"Jamoa juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Bazi holatlarda hech narsa qila olmaysan. Men mavsumning ilk to'rt uchrashuvida o'ynadim, keyin jarohat olib, asosiy tarkibdagi joyimni yo'qotdim. "Arsenal" va "Liverpul"ga mag'lub bo'ldik.

"Chelsi" ketma-ket 13 ta uchrashuvda g'alabaga erishdi, ammo safga qaytganimdan so'ng maydonga tushmayapman. Buni qabul qilish qiyin.

Konte hech qachon meni aldamagan. U menga shunday dedi: "Tushun, yigitlar himoyada juda yaxshi o'ynayotganda seni maydonga tushira olmayman".

Joriy mavsumda ko'proq maydonga tushishga umid qilaman" - deydi Terri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror