Tyerma jamoa. Malayziya mag'lub qilingan bahsda kimlar debyut qildi?

9 okt 2021, 22:46
O'zbekiston bosh jamoasining Malayziyaga qarshi 6-o'yini nihoyasiga etdi:

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston Ammanda Malayziyani yirik hisobda taslim qildi

Oldingi beshtasida bo'lgani kabi yana zafar quchdik. Yigitlarimiz o'zaro o'yinlardagi to'plar nisbatini 24:3 ko'rinishiga keltirib qo'yishdi.

E'tiborli jihati, mazkur bahs 4 nafar futbolchi uchun milliy jamoamiz libosidagi debyutga aylandi. Bugun AGMK posboni Valijon Rahimov, "Nasaf" vakillari Dilshod Saitov va Husayn Norchaev, BATE vingyeri Shohboz Umarov tyerma jamoada o'ynash mas'uliyatini 1-marta his qilib ko'rishdi.

Shuningdek, Husayn Norchaev, Ibrohimhalil Yo'ldoshev va Azizbek Amonov tyerma jamoa tarkibida ilk bor gol urishdi.

Dostonbek Hamdamov tyerma jamoa libosida ilk dublini rasmiylashtirgani bilan yodda qoldi. Bundan tashqari, u tyerma jamoa safida deyarli 1 yillik tanaffusdan keyin gol urganini ham alohida takidlash kyerak. 

Doston so'nggi bor o'tgan yilning noyabr oyida Iroq tyerma jamoasi darvozasini ishg'ol qilgandi. Bugun Hamdamov 2021 yildagi 2 va 3-gollarini urgani ham ahamiyatli. "Xatta" tarkibida 1 ta gol urib, Toshkentga qaytgan futbolchining "Paxtakor"dagi ishlari yurishmayotgan edi.

Husniddin Aliqulov bugun milliy jamoada 3-o'yinini o'tkazdi. E'tiborli jihati, tyermamiz "Nasaf" himoyachisi o'ynagan 3-bahsda ham zafar quchdi. 

Azizjon G'aniev deyarli 1 yillik tanaffusdan keyin yana tyerma jamoa safida maydonga tushdi. "Shabab Al Ahli" xavbekining oxirgi o'yini o'tgan yilning noyabr oyida o'tgan Srechko Katanets boshchiligidagi Iroqqa qarshi bahs bo'lgandi (1:2).

Bugun maydonga tushgan futbolchilarimizdan transfyer bahosi eng yuqorisi Eldor Shomurodov hisoblanadi. Transfyermarkt portali "Roma" forvardini 7 mln evroga baholamoqda. Malayziya bilan o'yinda harakatlanganlar orasida transfyer qiymati eng past futbolchimiz esa Valijon Rahimov edi. AGMK golkipyeri 250 ming evroga baholangan.

17 gol, antirekord va Supyerliga yo'llanmasi - 20-tur haqida

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia