Ter Shtegen Evro-2020'ni o'tkazib yuboradi

17 may 2021, 19:40
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen yozda o'tkaziladigan qita chempionatini o'tkazib yuborishini ma'lum qildi.

"Klubning tibbiy xodimlari tizzamda qo'shimcha jarrohlik amaliyoti o'tkazish kerak, degan qarorga kelishdi. EVRO-2020'ni o'tkazib yuborishim, terma jamoaga yordam berolmasligimdan afsusdaman.

Uzoq yillardan beri ilk bor jamoamizni uydan qo'llab-quvvatlayman. O'ylaymanki, biz g'alaba qozonamiz!

Yozgi tanaffusdan keyin muxlislar stadionga qaytishlarini xohlardim, sog'indim! Qiyin mavsumda qo'llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur!", – yozib qoldirdi darvozabon instagramdagi shaxsiy sahifasida.

O'xshash yangiliklar


Manba: instagram.com/mterstegen1