Ten Xag MYUga "Ayaks"dan hujumchi olib kelmoqchi

Alisher
21 yanv 2024
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Ayaks" forvardi Brayan Brobbini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.

MYU o'yinchi bilan aloqaga chiqdi. Agar transfer qishda amalga oshmasa, mankunianlar futbolchini yozda olishga urinib ko'rishadi. Ammo, ten Xag jamoada qolgan taqdirda.

Brobbi "Ayaks"ning joriy mavsumdagi to'purari hisoblanadi. 21 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal