Ten Xag: "MYU o'yinchilari Jahon chempionatidagi pauzadan so'ng g'alabaga chanqoqlar"

Administrator
22 dek 2022, 22:48
Angliya liga kubogidan so'ng murabbiy fikr bildirdi.

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag "Byornli"ga (2:0) qarshi g'alabali o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Pressingni amalga oshirish juda qiyin bo'ldi, ammo biz uddaladik. G'alabadan qoniqdim.

MYU o'yinchilari Jahon chempionatidagi pauzadan so'ng g'alabaga chanqoqlar. Reshford juda ajoyib o'yin ko'rsatdi. Biz endi qur'a natijasini kutishimiz kerak. Har bir o'yinda g'alaba qozonishni istaymiz", -deydi Erik ten Xag.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: BBC