Ten Xag: "Mag'lub bo'ldik, hafsalamiz ham pir bo'ldi, ammo yigitlarimdan faxrlanaman"

Administrator
3 iyun 2023, 23:11
Murabbiy Angliya kubogi finalidan so'ng fikr bildirdi.

"Man Siti" "Manchester Yunayted"ni Angliya kubogi finalida mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuvdan so'ng "qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik ten Xag o'z fikrlari bilan bo'lishdi. 

"Mag'lub bo'ldik, hafsalamiz ham pir bo'ldi, ammo yigitlarim bilan faxrlanaman. Yaxshi o'ynadik. Ikkita oson gol o'tkazib yubordik, ammo o'yinni yaxshi qura oldik. 

Bizga urilgan gollar kerakmas joyda yuz berdi. "Siti"ga qarshi ochiq o'yinda hech nima o'tkazmasangiz, bu narsadan xursand bo'lsa bo'ladi. Bu sinov edi, bizga omad kelmadi. ", -deydi Erik ten Xag. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sports