Temurxo'ja Abduxoliqov va ungacha bo'lgan “Lokomotiv” to'purarlari haqida

Narzulla Saydullayev
7 dek 2016, 21:08
2016 yilda “Lokomotiv” jamoasi o'zi ishtirok etgan 3 ta musobaqaning 2 tasida zafar quchdi.
Ayniqsa, mamlakat chempionatida oltin medallarning qo'lga kiritilganligi “Temiryo'lchilar” jamoasi ishqibozlarini behad quvontirdi. 

Shu o'rinda takidlash joizki, “Loko”ning Oliy ligada chempionlikka erishishida jamoaning boshqa a'zolari qatorida hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqovning ham xissasi katta bo'ldi. Mahoratli futbolchi mavsum davomida ichki chempionatimizda 22 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi va “Oliy liga to'purari” nomiga ega chiqdi. 

Quyida e'tiboringizga “Lokomotiv”ning Oliy ligada ishtirok etgan yillaridagi to'purarlari ro'yxatini keltirib o'tamiz. Diqqatga sazovor jihati shundaki, shu paytga qadar hech bir to'purarimiz bir mavsum davomida Oliy ligada 20 tadan ortiq gol kiritmagan edi. Temurxo'ja bu borada birinchi bo'ldi.

"Lokomotiv"ning barcha mavsum to'purarlari: 

2004 yil - Marsel Idiatullin - 7ta

2005 yil - Marsel Idiatullin - 11ta

2006 yil - Marsel Idiatullin - 12ta

2007 yil - Ilhom Mo'minjonov - 5ta

2008 yil - Olim Navkarov - 9ta

2009 yil - Muzaffar Umrzoqov - 10ta

2010 yil - Aram Voskanyan, Muzaffar Umrzoqov - 3ta

2012 yil - Zayniddin Tojiev - 12ta

2013 yil - Farhod Tojiev - 17ta

2014 yil - Farhod Tojiev - 13ta

2015 yil - Sanjar Shoahmedov - 14ta

2016 yil - Temurxo'ja Abduxoliqov - 22ta

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz