Temurxo'ja Abduxoliqov: "Tailandni yutganimiz bizga ruhiy tomonlama yordam beradi"

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2017, 10:05
O'zbekiston - Tailand (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov o'z fikrlarini bildirdi.

"Tailand bilan o'rtoqlik uchrashuvi qiyin bo'ldi. Yigitlar bilan bir-birimizni tushunib ketishimiz biroz qiyin kechdi. Tailand terma jamoasi ham bekorga Jahon chempionati saralashining so'nggi bosqichiga yetib kelmaganini isbotladi. Ammo bugungi natija u qadar muhim emas edi, asosiy e'tiborimiz Eron bilan o'yinga qaratilgan. Bugun katta hisobda yutamizmi yoki yutqazamizmi asosiysi Eron bilan bahsda ijobiy natija qayd etish kerak.

Gol bo'lgan vaziyatga keladigan bo'lsak Eldor menga to'pni qulay tarzda uzatdi, o'sha holatda to'pga oyog'imni qo'yib darvozani ishg'ol qilish haqida o'yladim xolos. Yaxshiki darvozabonni poylamadim va gol urdim.

Bugun g'alaba qozonganimiz yaxshi bo'ldi. Yigitlarga ruhiy tomonlama bu yordam beradi. Agar Tailandni mag'lub eta olmaganimizda biroz salbiy kayfiyat hukmron bo'lardi. Eronga qarshi bahsga barcha yigitlar jangovor kayfiyatda borishadi", - deydi Temurxo'ja Abduxoliqov.  


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia