

- "UzDongJu" chempionatning yetakchilaridan biri hisoblanadi. Shu bois, bu raqibni hurmat qilgan holda maydonga tushgandik. O'yinning aksar daqiqalarida raqibning kuchidan kelib chiqib, qarshi hujumda to'p surdik. Chunki mehmonlar bizdan farqli ravishda o'tgan mavsumdagi tarkib bilan chempionatni davom ettirishmoqda. "Oq-tepa"da tarkib yangilangani tufayli futbolchilar maydonda bir-birlarini tushunib olishlari qiyin kechmoqda. Ammo aytish kerak, avvalgi bahslardan farqli tarzda bugun yomon o'ynaganimiz yo'q va chiroyli g'alabani qo'lga kiritdik, - deydi Yafarov.
"Oq-tepa" matbuot xizmati



