Teemu Pukki: "Finlyandiya Evro-2020ga chiqa oladimi? Bu orzu"

Alisher
9 sen 2019
"Norvich" va Finlyandiya terma jamoasi hujumchisi Evro-2020 saralash doirasidagi Italiya (1:2)dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Italiya terma jamoasida ko'proq imkoniyatlar bo'ldi, ammo biz hisobni qisqartirdik va hech bo'lmasa 1 ochko olish ilinjida edik. To'g'risini aytsam, Italiya g'alabaga munosib o'yin ko'rsatdi.

Finlyandiya tarixda ilk bor Yevropa chempionatida qatnashishi mumkinmi? Bu bizning orzuimiz. Yana 4ta o'yinimiz bor. Bizda yaxshi imkoniyat bor, ammo biz bir nechta ochkolar yig'ishimizga to'g'ri keladi, - deydi Pukki.

Italiya terma jamoasi 18 ochko jamg'argan holda guruhda yetakchilik qilmoqda, Finlyandiya hisobida esa 12 ochko bor.


AlisherMuallif
Manba: Rai Sport