Tebas: "Xitoyda ikkinchi LaLigani tashkil qilmoqchimiz"

Mirjalol Normatov
18 yanv 2019, 18:42
LaLiga prezidenti Xaver Tebas Xitoy bilan hamkorlik haqida gapirdi.

"Xitoydagi eng mashhur ligalar orasida ikkinchi bo'lmoqchimiz. Xitoy Superligasi bilan hamkorlik u erning futbolini bilib olish uchun ajoyib loyiha. Xitoydan keyin ikkinchi bo'lish - bizning strategiya uchun faxr.

Xitoy Superligasi kuchli davlatlar bilan hamkorlik qilib, o'z futbolini yuksaklarga olib chiqmoqda. Biz u yerda ikkinchi LaLigani tashkil qilamiz.

Xitoyda o'yinlar o'tkazish? Avvaliga Mayamida", - dedi Tebas.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS