Tebas - Superliga haqida: "Peres taslim bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
18 fev 2022, 23:13
LaLiga prezidenti Xaver Tebas Superliganing tashkil qilinishi borasida gapirdi.

"Superliga bo'lmaydi? Yo'q! Florentino Peres taslim bo'lmaydi, uni anchadan buyon bilaman. Superliga oddiy turnir emas. Yevropaning eng yirik klublari dunyo futbolini boshqarayotgani uchun haq olishlari kerak", - dedi Tebas.

Eslatib o'tamiz, 2021 yil bahorida Yevropaning eng yirik 12 klubi Superligada qatnashishini e'lon qilgan va bu muxlislar orasida norozilikka sabab bo'lgani uchun to'xtatilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Periodico de Espana