

La Liga prezidenti Xaver Tebas Madridning "Real" klubining maxfiy ma'lumotlarni tarqatganlik bo'yicha ayblovlari ortidan o'z lavozimidan chetlatilishi mumkinligi haqida tashvishlanmayotganini ma'lum qildi.
"Yo'q, men ishdan ketish bo'yicha xavotirda emasman. Menga nisbatan sankciyalar qo'llaniladi deb ham o'ylamayman. Meni ko'proq Sport bo'yicha mamuriy tribunalga shikoyatlarning kelib tushish shakli tashvishga solmoqda. Majlislarning noto'g'ri bayonnomalari va shunga o'xshash boshqa narsalar juda shubhali", -deydi Xaver Tebas.
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" Tebasni mahfiy ma'lumotlarni tarqatganlikda ayblab, Sport bo'yicha mamuriy tribunalga (TAD) shikoyat ilgan edi. Oliy sport qo'mitasining sobiq raisi Migel Anxel Galan esa agar Tebas aybdor deb topilsa, uning lavozimidan chetlatilishi ehtimoli yuqori ekanligini takidlagan.


