Taxminlar. Terma jamoamiz a'zosi "Arsenal"dan yirik mag'lubiyat, Italiya kubogining "Yuventus"ga nasib qilishini kutyapti. Siz qanday fikrdasiz?

17 iyun 2020, 22:05
Bugun Yevropa maydonlarida bir qator muhim futbol bahslari o'tkaziladi. Jumladan, "Manchester Siti" va "Arsenal" klublari APL 29-turining qoldirilgan o'yinida ishtirok etishsa, Rimda Italiya kubogining finali o'tkaziladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasining asosiy posboni Eldorbek Suyunovning ushbu uchrashuvlar haqidagi fikrlari bilan qiziqdik. 

Toshkentning "Paxtakor" klubi darvozaboni Manchestyerdagi ustoz-shogird to'qnashuvida Gvardiola Artetaga chin manoda master-klass o'tib berishiga ishonyapti. Eldorning fikricha, Rimdagi o'yinda "Napoli" "Yuventus"ga jiddiy qarshilik ko'rsatishi mumkin, ammo yakunda tajriba o'z so'zini aytadi.

Suyunovning taxminlari:

"Manchester Siti" 4:1 "Arsenal"

"Napoli" 1:3 "Yuventus"

Qadrli muxlis, siz qanday fikrdasiz? Bugungi uchrashuvlardan qanday natijalarni kutyapsiz?

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia