Tarixda birinchi marta "Lokomotiv" a'zosi O'zbekistonda yil futbolchisi bo'ldi

Narzulla Saydullayev
14 dek 2017, 23:40
Bugun O'FF 2017 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o'tkazdi.

Toshkentning "Lokomotiv" va O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Marat Bikmaev yakuniga etayotgan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Shu tariqa, "Lokomotiv" a'zosi tarixda ilk bor yil futbolchisi bo'ldi.

Bikmaev O'zbekistonda eng yaxshi bo'lgan hisob bo'yicha 13-futbolchiga aylandi. Yurtimizda eng yaxshi futbolchi bo'lish bo'yicha Odil Ahmedov (5 marta) rekordchi hisoblanadi. Mirjalol Qosimov va Maksim Shackix hisobida to'rttadan sovrin bor.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia