“Taqdirimga “Andijon”da o'ynash nasib qilgan ekan” yoxud Suhrob Berdievning yangi jamoasi haqida fikrlari qanday?

Mirjalol Normatov
25 iyul 2022, 22:55
Mavsumni “Yangier-quruvchi”da boshlagan tajribali hujumchi Suhrob Berdiev davralar oralig'ida jamoasini almashtirdi.

Futbolchi “Andijon” klubi bilan shartnoma imzoladi. Shundan keyin u bilan bog'lanib, fikrlariga quloq tutdik.

- Yangi jamoaga o'tishingiz qay tariqa amalga oshdi?

- Hammasi oddiy amalga oshdi. Klub menga taklif bilan chiqdi. Aslida qishda ham taklif bo'lgan va jamoa bilan birga edim. Keyinchalik u yerdan kyetib qolgandim. Yozgi transfer vaqtida yana chaqirishdi. Taqdirimga baribir “Andijon” safida o'ynash yozilgan ekan, keyinchalik bo'lsa ham jamoa bilan shartnoma imzoladim. 

- Shartnoma muddati qanchaga mo'ljallangan?

- Hozircha yil oxirigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdim. Xudo xohlasa, jamoa oldiga qo'yilgan vazifani bajarsak, keyinchalik rahbariyat bilan kelishuvni yana uzaytirish borasida gaplashib ko'rishimiz mumkin. 

- Qishda jamoa bilan birga edingiz. Keyinchalik nima sababdan kyetib qoldingiz? Viktor Kumikov sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Juda yaxshi mutaxassis. Viktor Balyutich qishda yuz bergan tushunmovchiliklarni esdan chiqarib, men yaxshi kayfiyatda qabul qilib oldi. Tushunmaganlarimni o'rgatib bormoqda. Hozirda hammasi juda yaxshi.

- “Andijon”ning Superligaga qaytish imkoniyatini qanday baholagan bo'lardingiz?

- Xudo xohlasa, imkoniyatlarimiz juda yaxshi deb o'ylayman. Oldinda turgan bahslarda ijobiy natijalar qayd etmoqchimiz. O'ylaymanki, jamoa bilan Superligaga qaytish vazifasini uddasidan chiqamiz. 

- Mavsumning birinchi qismini “Yangier” klubida o'tkazdingiz. U yerdagi faoliyatingiz borasida nimalarni ayta olasiz?

- U yerda hammasi yaxshi bo'ldi deya olaman. To'g'ri, mavsumning boshida biroz qiyin bo'ldi. Natijalarimiz ham yaxshi bo'lgani yo'q. Keyinchalik sekin-asta ochkolarni qo'lga kiritdik. O'yinimdan ham qoniqish hosil qila boshlagandim. Shu o'rinda “Yangier” jamoasi rahbari, murabbiylari, muxlislariga o'z minnatdorchiligimni bildaman. Jamoaning ikkinchi davradagi o'yinlariga faqat omad tilayman.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia