

Bu haqda "Sport-Ekspress" xabar bermoqda.
Tailand futbol federatsiyasi hozircha buni tasdiqlamadi. Rad etilgan taqdirda, bu o'rinni Xitoy terma jamoasi egallaydi.
Turnir 9-21 iyun kunlari bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, avvalroq Tojikiston, Eron, O'zbekiston, Qirg'iz Respublikasi, Turkmaniston va Afg'oniston CAFA chempionatida qatnashishi ma'lum bo'lgan edi.



