
- Bugungi o'yindan so'ng hozirgi lavozimimdan iste'foga chiqishga qaror qildim. Jamoani elitada munosib ishtirok etishi uchun qo'limdan kelgancha harakat qildim. Afsuski, chempionatda munosib ishtirok etish uchun birgina murabbiy hammasini amalga oshira olmaydi. Buning uchun butun struktura harakatda bo'lishi lozim.
- Shu o'rinda bizni har qanday holatda ham qo'llab-quvvatlab turgan ko'p ming sonli jamoa ishqibozlariga tashakkur izhor etaman. Bilaman ular jamoani yetakchi o'rinlarda ko'rishni istashadi. Ammo meni to'g'ri tushunishlarini istayman. Men jamoa uchun o'z tajribamdan kelib chiqib barchasini qildim. Ammo katta natijalarga bir kishi erisha olmaydi.
- O'tgan o'yin borasida to'xtaladigan bo'lsam, jamoamda bugun 5 nafar yetakchi futbolchi maydonga tusha olmadi. Ularning o'rniga mahalliy yosh futbolchilar harakat qilishdi. Akmal Xolmurodov, Pavel Smolyachenko, Maksimilian Fomin, Aziz Ibragimov va Nikolay Chipevlar turli sabablarga qo'ra bugun jamoaga yordam bera olishmadi. Birvarakayiga beshta yetakchi futbolchini bo'lmasligi har qanday jamoaga qiyinchilik tug'diradi - deydi Tachmurod Shamakovich.